Runi o'z xohishi bilan “Derbi Kaunti”dan ketdi

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2022
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

36 yoshli Ueyn Runi “Derbi Kaunti” rahbariyatidan iste'fo so'ragan. U 2020 yil noyabridan beri jamoani boshqarib kelayotgandi. “Derbi Kaunti” o'tgan mavsum Chempionshipdan tushib ketdi. Qayd etish joizki, klubdagi moliyaviy muammolar tufayli ulardan muhim ochkolar olib tashlangandi.

Avvalroq, Runi “Byornli”da ish boshlashi aytilgandi, ammo keyin jamoani Vensan Kompani qabul qilib oldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: dcfc.co.uk