Ingliz futbolida qiziq holat: klub bir hafta uchun darvozabon ijaraga oldi

Mirjalol Normatov
22 noya 2025, 00:46
Angliyaning "Grimsbi taun" jamoasi Richard O'Donnelni "Derbi Kaunti"dan bir haftaga ijaraga oldi.

Gap shundaki, "Grimsbi"ning darvozaboni Kristi Pim so'nggi o'yinda qizil kartochka oldi. Shu orqali jamoada birorta darvozabon qolmadi. Shu boisdan klub tezkorlik bilan darvozabon ijaraga olish variantini maqulladi. Shanba kuni 37 yoshli O'Donnel "Grimsbi Taun"da "Suindon"ga qarshi o'yinda debyut qiladi va bu uning yagona bahsi bo'ladi.

"Grimsbi Taun" mamlakatning 4-darajali divizionida ishtirok etadi. Ushbu jamoa Angliya Liga Kubogida "Manchester Yunayted"ni mag'lub qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal