Xuntelar faoliyatini yakunlaydi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2020
“Ayaks” hujumchisi Klas-Yan Xuntelar joriy mavsum yakunida futbolchilik faoliyatiga nuqta qo'yishini ma'lum qildi.

“O'ylashimcha, bu mening faoliyatimdagi so'nggi mavsum bo'ladi. Ha, men qachondir shu qarorni qabul qilishim kerak bo'ladi. Mavsum oxirigacha xursandchilik bilan to'p tepaman. Faoliyatimni yakunlagach nima bilan shug'ullanaman?Albatta murabbiylik diplomi uchun tahsil olaman. Ammo ungacha oilam davrasida bir necha oy hordiq chiqaraman. Undan keyin murabbiylik faoliyati haqida yana bir bor o'ylab ko'raman”, deya futbolchining  so'zlaridan iqtibos keltirmoqda  Voetbal International.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Voetbal International