Xuntelar "Ayaks" rahbariyatiga kirdi. U klubning sport bo'limida ishlaydi

Alisher
14 mar 2022, 16:53
Klas-Yan Xuntelar "Ayaks" rahbariyatiga kirdi.

38 yoshli niderlandiyalik Amstyerdam klubining sport bo'limida ishlaydi.

Xuntelar iste'foga chiqarilgan "Ayaks" sport direktori Mark Overmarsning o'rnini vaqtinchalik egallagan Jerri Mastraning yordamchisiga aylanadi.

Xuntelar klub bilan 2024 yilning iyuliga qadar shartnoma imzoladi. Sobiq forvard hozirda shuningdek murabbiylik kurslarini ham o'tamoqda.

Xuntelar 2006-2009, 2017-2021 yillarda "Ayaks"da o'ynagan. U klub safida 257ta o'yinda maydonga tushib, 158ta gol urgan.

U shuningdek "Shalke", "Real" va "Milan" jamoalari safida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ajax.nl