Xuntelar "Shalke"ga qaytadi

Alisher
18 yanv 2021
"Ayaks" forvardi Klas-Yan Xuntelar mavsumning ikkinchi qismini "Shalke"da o'tkazadi.

37 yoshli hujumchi tez orada golland klubini tark etadi va oldingi jamoasida to'p tepadi.

Xuntelar "Shalke" bilan joriy mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzolaydi. Forvard shundan so'ng faoliyatini yakunlashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, futbolchi faoliyati davomida PSV, "De Grafsxap" (ijara), "AGOVV Apeldorn" (ijara), "Xerenven", "Ayaks", "Real", "Milan" va "Shalke" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira