Xuntelar va Kolashinac "Shalke"dan ketdi

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2021
"Shalke" klubdan himoyachi Sead Kolashinac va hujumchi Klas-Yan Xuntelar ketganini e'lon qildi.

Gelzenkirxenliklar ikki o'yinchi bilan ham shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishdi, sababi ularning maoshini to'lay olishmaydi.

Kolashinac "Shalke"da "Arsenal"dan ijara asosida o'ynadi, 27 yoshli bosniyalik London klubiga qaytadi.

Klubda 2010-2017 yillar davomida harakat qilgan Xuntelar 2021 yilning yanvarida nemis klubiga qaytgandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/s04