Xummels: “Messi - men ko'rgan eng yaxshi o'yinchi. Nuqta”

28 noya 2019, 09:02
“Borussiya D” futbolchisi kataloniyaliklar yetakchisi haqida gapirdi.

“O'yin yomon kechmadi. Ammo yaxshi ham deb bo'lmaydi. “Barselona” qoyilmaqom o'ynadi. Albatta, Messi har doim xavfli. Birinchi goldan so'ng bizda omadsiz daqiqalar bo'ldi. Noto'g'ri uzatmamiz esa ikkinchi golni yuzaga keltirdi. Bugun “Barselona” engish uchun kerakli darajada yaxshi harakat qila olmadik. Atigi 3-4 ta yaxshi vaziyat yarata oldik, xolos. Messi hozir ideal formada. U men ko'rgan eng yaxshi o'yinchi. Nuqta”, - deydi Xummels.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com