Xummels: "Borussiya"dan "Bavariya"ga o'tish qarorini qabul qilish qiyin bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
10 may 2016, 17:12
Dortmundning "Borussiya" himoyachisi Mats Xummels o'zining "Bavariya"ga o'tishiga izoh berdi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Myunxen klubi futbolchi uchun 35-38 mln. evro to'laydi.

"Borussiya"dagi sakkiz yarim fillik muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng, bu qarorga kelish qiyin bo'ldi. Men doimo faxr bilan qora-sariq libosni kiyganman va bu fantastik jamoaning bir qismi bo'lganman. Ona shahrimga qaytishdan oldin "Borussiya"ga Germaniya Kubogida g'alaba qozonishga yordam bermoqchiman. Buning uchun bor kuchimni ishga solaman. Barchadan minnatdorman" - deydi Xummels.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com