Xummels - 1:5 hisobidagi mag'lubiyat haqida: "Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi"

Mirjalol Normatov
13 dek 2020, 11:34
"Borussiya" D himoyachisi Mats Xummels Bundesliganing 11-turida "Shtutgart"dan uchralgan mag'lubiyat borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz doim kichik paslar orqali o'ynaymiz, raqiblarning ochib bergan hududlaridan foydalanishga harakat qilamiz. Biz juda ko'p to'p yo'qotyapmiz. Agarda taktik rejalar amalga oshsa, chiroyli futbolni ko'rishimiz mumkin. Hechqisi yo'q, futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. Buning uchun yuqori darajadagi mahorat kerak.

Ko'p narsalar o'xshamadi. Birinchi bo'limda 1:1 hisobidan quvonib yubordik. 2:1, to'pni berib qo'yyapmiz, 3:1, to'pni berib qo'yyapmiz, 4:1 to'pni berib qo'yyapmiz. Bugun faqatgina to'pni berib qo'yaverdik.

"Shtutgart" katta ishni amalga oshirdi. Ular o'z maqsadi uchun agressiv harakat qilishdi. Biz esa yo'q", - dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal