Xuan Kuadrado: "Barselona"ning qiziqishi haqida hech narsa bilmayman"
Tolibjon Qosimov
7 dek 2013, 15:18
Fiorentina yarim himoyachisi Xuan Kuadrado Barselona vakillari bilan uchrashuv o'tkazganini rad etdi.
Barselonaning qiziqishi? Bu haqda hech nima bilmayman va hech kim bilan uchrashmadim. Hozirgi jamoada to'p tepayotganimdan xursandman, - deydi kolumbiyalik futbolchi Sky Sports nashriga.