Xosep Gvardiola: "Agar sovrin yuta olmasak nima bo'lishini tushunib turibman"

Narzulla Saydullayev
15 mar 2016, 21:30
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Yuventus"ga qarshi javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirdi.


"YCHL o'yini oldidan xech qachon qo'rqmayman. Bo'lajak o'yin - haqiqiy jang bo'ladi. Bu bahs ikkala jamoa uchun ham finalga teng. Agar g'alaba qozonsak ajoyib bo'ladi. Yutqazsak - qanday o'zgarishlar qilishimiz kerakligini tushunib olamiz. Agar sovrin yuta olmasak nima bo'lishini tushunaman.

Raqib safida Dibala, Markizio kabi futbolchilarning yo'qligi hech nimani o'zgartirmaydi", - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com