Ayni damda, vohalik futbolchilar Toshkent shahrida mashg'ulotlar o'tashyapti.
O'n kun davom etadigan yig'in doirasida “Xorazm”liklar bir nechta nazorat uchrashuvi o'tkazishni mo'ljallashgan. Kecha ular “Geofizika” stadionida “Xorazm-1” va “Xorazm-2” sifatida o'zaro kuch sinashishdi. Bu o'yinda asosan, yetakchi futbolchilardan tuzilgan “Xorazm-1” jamoasi 5:1 hisobida g'alaba qozondi.
Jamoa bosh murabbiyi Vali Sultonovning takidlashicha, “Paxtakor-2”(19 mart), “Bunyodkor-2”(23 mart), “Oqtepa”(24 mart) va “Lokomotiv”(yoshlar, 25 mart) jamoalari bilan nazorat uchrashuvlarini uyushtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, urganchlik futbolchilar Xorazmga qaytish chog'ida yo'l-yo'lakay Samarqand shahrida “Sherdor”(26 mart) jamoasiga qarshi maydonga tushishni ko'zlashmoqda.
Urganchlik futbolchilar belgilangan reja bo'yicha 20 mart kuni tibbiy ko'rikdan o'tishadi.
Ikrom XUDOYBERGANOV