Xorazm xomiylarning e'tiboriga muxtoj

Narzulla Saydullayev
3 apr 2018
Pro-liganing doimiy ishtirokchisi bo'lgan Xorazm jamoasiga mutasaddilar tomonidan qachon e'tibor kuchaytiriladi?

Hademay mamlakatimizda Pro-liga o'yinlari ham boshlanadi. Ammo shunga qaramay, Xorazmda sharoit ijobiy tomonga o'zgarmayapti. Jamoa xatto musobaqada ishtirok etish uchun Professional futbol ligasining hisob raqamiga badal pulini o'tkazmagan. Futbolchilar oldidagi o'tgan mavsumdagi qarzdorliklar hanuzgacha yopilmadi. Klub rahbarlari futbolchilarga qolib ketgan pullar albatta berilishi haqida aytib, ertangi kunga bo'lgan ishonchini ko'tarmoqda. Bosh murabbiy Aleksandr Ejov ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan xolda, jamoani mavsumga puxta tayyorlashga xarakat qilmoqda. Tarkibga Aybek Nurboev, Mirjalol Qurbonov, Marks Quranboev va Qadamboy Nurmetov kelib qo'shilgan. 

Bu yil ham asosiy e'tibor mahalliy futbolchilarga qaratiladi. Ma'lumot uchun, Xorazm chempionatning ilk turini 7 aprel kuni G'uzorda Sho'rtan jamoasiga qarshi o'tkazadi.

 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia