Xolmuhammedov "Qo'qon-1912" rekordchisiga aylanishi uchun 4ta gol qoldi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2020, 13:17
"Qo'qon-1912" Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Paxtakor"ga qarshi bahsda 1:2 hisobida yutqazdi.

O'yinda qo'qonliklar himoyachisi Murod Xolmuhammedov penaltidan gol urishga erishdi. Shunday qilib himoyachi "Qo'qon-1912" safida O'zbekiston chempionatida o'zining 36-golini urdi. Ayni paytda u klub tarixidagi to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Qo'qon-1912" tarkibida chempionat doirasida 40ta gol urgan Muhiddin Abduvaliev bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi. Xolmuhammedov chempionat doirasida yana to'rtta gol ursa klub rekordchisi yetib oladi.

Hozir o'ynayotgan futbolchilardan Suhrob Berdiev ro'yxatda 7-o'rinda bormoqda.

"Qo'qon-1912" tarkibida O'zbekiston chempionatida eng ko'p gol urgan futbolchilar:
1.Muhiddin Abduvaliev 40
2.Murod Xolmuhammedov 36
3.Soli Qurbonov 34
4.Rustam Abdullaev 32
5.Oydinbek Aliev 30
6.Zohid Nurmatov 29
7.Suhrob Berdiev 25
8.Nosir Otaqo'ziev 24


Sizningcha Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912"da gol urish bo'yicha birinchi o'ringa chiqa oladimi?

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia