Xoland zaxiradan tushib gol urish borasida rekord o'rnatishi mumkin

Mirjalol Normatov
14 iyun 2020, 10:58
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Erling Xoland jamoasiga "Fortuna" ustidan g'alaba keltirdi.

19 yoshli norvegiyalik futbolchi 61-daqiqada maydonga tushdi va qo'shib berilgan 5-daqiqada gol urdi.

"Opta" xabariga ko'ra, u 2-bo'limda zaxiradan o'yinga qo'shilib, oltinchi marta raqiblari postiga yo'l topdi. Shu orqali u 2014/15 yili Nils Petersen tomonidan qayd etilgan rekordni takrorladi. Navbatdagi gol esa uni rekordchiga aylantiradi.

Eslatib o'tamiz, Xoland qishda dortmundliklar tarkibiga qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta