Xoland Norvegiya TJ tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida kuchli o'nlikka kirdi

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2022, 08:35
Millatlar ligasi 4-turida Norvegiya Erling Xolandning dubli evaziga Shvetsiyani 3:2 hisobida taslim etdi.

Xoland termadagi gollari sonini 20 taga (21 o'yinda) etkazib oldi va to'purarlar ro'yxatida kuchli o'nlikka kirdi. Avvalroq, Joshua King va Yan Oge Fortoft 20 tadan gol urishga erishgan.

Bu borada Norvegiya TJ rekordchisi esa Yorgen Yuve hisoblanadi va uning hisobida 33 ta to'p mavjud.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru