"Uni duellarda yuta olmaganman". Xoland faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi

Aziz Tukhtamuradov
29 iyun 2022, 09:11
Norvegiyalik futbolchi Erling Xoland Virjil Van Deykni faoliyatidagi qiyin raqib deb hisoblaydi.

"Bilasizmi, u juda baland, kuchli, tezkor va aqlbovar qilmas reakciyaga ega. U bilan duellarda yuta olmaganman, chunki u "monstr", - dedi Xoland.

Xoland faoliyati davomida uch marta van Deykka qarshi o'ynagan. 2019 yilda "Red Bull" safida ikki marta, shuningdek JCH-2022 saralashi doirasida terma jamoa safida. 

Endi Erling va Virjil bitta chempionatda to'p tepadi va ularning qarama-qarshiligi ortadi. "Siti" va "Liverpul" APL chempionligi uchun asosiy da'vogar jamoalar hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru