Xoland avtobusdan tushayotganda jarohat oldi

Khoja
8 sen 2025
“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Oslodagi mehmonxonalardan birida jamoa avtobusidan tushayotganda jarohat oldi, deb xabar beradi Goal.com.

Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchilar avtobusdan chiqib, mehmonxona tomon yo'l olishayotganda eshik ochilib, “Siti” hujumchisining labiga borib urilgan. Futbolchiga tezda tibbiy yordam ko'rsatilgan.

"Uchta chok tushdi", - deb yozib qoldirgan Xolandning o'zi ijtimoiy tarmoqda shishgan labi va jarohati fotosuratini ilova qilib.


KhojaMuallif
Manba: Goal.com