Xoland ajoyib natija qayd etyapti

Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xoland Bundesliga 31-turida "Fortuna" (1:0) darvozasini 95-daqiqada ishg'ol qilib, Lyusen Favr jamoasini 3 ochkolik qildi.

Bu gol norvegiyalik futbolchining "Borussiya" uchun urgan 14-goliga aylandi. Xolandga 14ta gol urish uchun 15 o'yin kifoya qildi.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli hujumchi mavsumning birinchi qismini "Red Bull Zalcburg" safida o'tkazgandi. Xoland butun mavsum davomida 37ta o'yin o'tkazdi va 42 gol, 10ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Opta