Hojiakbar Alijonov - MTJda gol urgan 107-futbolchi

Iskandarov Abdulaziz
12 iyun 2023, 17:24
O'monga qarshi uchrashuvdan so'ng O'zbekiston terma jamoasida ayrim raqamlar o'zgardi.

Kechagi bahsda O'zbekistonning uchinchi goliga Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi. Shu bilan birga, u milliy jamoa libosidagi 24-o'yinida debyut golini urishga muvaffaq bo'ldi. Alijonov umumiy statistikada gol urgan 107-futbolchi sifatida qayd etildi. "Paxtakor" futbolchisi terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2019 yil KXDRga qarshi bahsda o'tkazgan.


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia