⚡️ “Xo'jand” safidagi legionerlar haqida

Eldor Akmurzayev
17 avg 2022
“So'g'diyona”ning bugungi raqibi "Xo'jand" klubi tarkibida ham legionerlar bor.

Xo'sh, mazkur jamoa qanday darajadagi xorijlik futbolchilarning xizmatidan foydalanadi. 

Ko'pi o'zbekistonlik

Tojikistonda har bir 7 nafar xorijlik futbolchining xizmatidan foydalana oladi. “Xo'jand” safida 2 nafar rossiyalik va 5 nafar o'zbekistonlik futbolchi bor. Xususan, o'zbekistonlik legionerlar sifatida Dilmuhammad Ochilov, Samandar Ochilov, Firdavs Abdusalimov, Shahboz Salimboev va Xushnud Bozorov ro'yxatdan o'tkazilgan. Samandar Ochilov va Firdavs Abdusalimov o'tgan mavsumdan buyon “Xo'jand” sharafini himoya qilib keladi. Shahboz Salimboev, Xushnud Bozorov va Dinmuhammad Ochilov yaqinda klub safiga borib qo'shildi. Shuni qo'shimcha qilish kerakki, Dinmuhammad va Samandar Ochilov aka-uka hisoblanadi. 

Xushnud Bozorov esa mavsumning birinchi qismini O'zbekiston birinchi ligasi ishtirokchisi “Do'stlik-Oltiariq” klubida o'tkazgandi. 

Qolgan ikki rossiyalik legionerlar yarim himoyachi – Cergei Garanja va hujumchi Sergei Ckanyan ham ro'yxatdan o'tkazilgan. 

Garanja 1995 yilda tug'ilgan. Hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonda to'p tepadi. Faoliyatini asosan Rossiyada o'tkazgan. 

Ckanyan hujum ampluasida to'p tepadi. 1997 yilda tug'ilgan. Faoliyati davomida asosan Rossiyaning quyi liga jamoalarida o'ynagan. U bahsdan oldingi matbuot anjumanida ham qatnashdi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia