"Xoffenxaym" va "Liverpul"ga qarshi o'yinlarda "Manchester Siti" hujumchisi o'ynamasligi mumkin

Mirjalol Normatov
30 sen 2018, 15:42
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jurnalistlarga hujumchi Serxio Agueroda muammolar borligini ma'lum qildi.

"Agueroning tovonida muammolar bor. U o'yinlarga 100 foiz tayyor emas. Serxio "Nyukasl"ga qarshi o'yinda olgan jarohatidan to'liqligicha forig' bo'lmagandi. Shu boisdan u bilan 60 daqiqani kelishib olgandik. Asosiysi u kerakli vaqtda gol urishni uddaladi.

Bu muammoni bartaraf etish uchun vaqt kerak. Milliy termalarning o'yinigacha 2 bahsimiz bor. Umid qilamanki, Aguero ushbu uchrashuvlarda qatnashadi. Ammo bu ham so'roq ostida. Chunki u davolanishi kerak", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN