Xoakin "Betis" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Alisher
11 apr 2021, 13:37
"Betis" vingeri Xoakin klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

"Shartnomam iyunda yakunlanadi, ammo men o'zimni kuchli his qilmoqdaman va yaxshi formadaman.

Men faoliyatimni tribunadagi muxlislar bilan tugatmoqchiman - imkoni boricha barchani o'z stadionimizga taklif qilmoqchiman. Pandemiya tugaganda nimani aytayotganimni tushunasiz - futbolni tugatish oldidan muxlislar bilan o'ynamoqchiman", - deydi futbolchi.

39 yoshli vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS