

Kataloniyaliklar Robert Levandovskiga o'rinbosar qidirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" Liga 1 to'purarlari ro'yxatida peshqadamlik qilayotgan Panichelli uchun da'vogarlar sonini ko'paytirdi.
Ispan grandi vakillari argentinalik futbolchining o'yinlaridan hayratda. Xoakin Panichelli Fransiya chempionatining joriy mavsumida o'nta o'yinda to'qqizta gol urdi.
23 yoshli futbolchining Transfermarkt saytidagi narxi - 12 mln evro. Forvardga "Chelsi" va "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.



