"Real Sosedad" prezidenti: "Sun'iy intellekt Mataracconi tayinlamaslikni maslahat bergandi"

Aslanov Jasurbek
22 apr 2026, 11:20
Ispaniya Kubogining yangi sohibi - "Real Sosedad" klubi prezidenti Xokin Aperribay jamoaga Pellegrino Mataracconi bosh murabbiy etib tayinlashdan oldin qiziq voqea yuz berganini tan oldi.

Ma'lum bo'lishicha, prezident bu masalada Sun'iy intellekt (SI) bilan maslahatlashgan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan shanba kuni amerikalik mutaxassis qo'l ostida san-sebastyanliklar finalda "Atletiko"ni mag'lub etib (2:2, pen. 4:3), kubokka ega chiqishgandi. Aperribayning aytishicha, sport direktori Erik Bretos unga Mataracco nomzodini taklif qilganda, prezident bu murabbiy haqida hech narsa eshitmagan bo'lgan.

"Erik Mataracconi taklif qildi va men Sun'iy intellektdan u "Real Sosedad" uchun mos murabbiymi deb so'radim. SI "yo'q" deb javob berdi. Yaxshiyamki, men Erikka ishongan ekanman", - dedi Aperribay "El Larguero" dasturida.

Prezidentning qo'shimcha qilishicha, yarim finalda "Atletik" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng u SIga yana o'sha savolni bergan: "Yarim finaldan keyin SI bu ajoyib tanlov ekanini aytdi. Men murabbiy bilan birinchi uchrashuvdayoq lol qolgandim, chunki u hamma haqida hamma narsani bilardi. Uning "Real Sosedad" haqidagi tahlili hayratlanarli edi".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena SER