Xitoy klubi Jiruga yiliga 10 million evro maosh taklif qildi. Hujumchi esa...

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2019, 23:40
Hujumchi Olive Jiru Chelsida qolishga qaror qildi.

Seshanba kuni 32 yoshli futbolchi Dalyan Ifanga rad javobini berdi. Xitoy klubi rahbarlari unga yiliga 10 million evrolik uzoq muddatli shartnoma taklif qilishdi.

Jiru APLda qolib Fransiya terma jamoasida o'ynashda davom etmoqchi.

2019 yilda francuz 5ta o'yinda maydonga tushdi. Ulardan faqat bittasida asosiy tarkibda o'ynadi. Umuman olganda u yangi yilda 168 daqiqa maydonda harakat qildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr