Ana shu musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi avvaliga Toshkentda 19 va 20 aprel kunlari Eron terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Bugun esa terma jamoa a'zolari Xitoyga uchib ketishdi va Chin yurtida o'tkaziladigan 6 kunlik yig'indan so'ng Vetnamga yo'l olishadi.
“Xitoyning sport marketing bilan shug'ullanuvchi kompaniyalaridan biri bilan bir necha yillardan buyon aloqamiz bor. Ana shu kompaniya vakillari bilan futzal terma jamoalarimiz o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tkazish haqida taklif bilan chiqdim. Ular bu taklifni qo'llab-quvvatlashdi va O'zbekiston futbol federatsiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev nomiga shu haqda xat jo'natishdi. Xitoy vakillari barcha xarajatlarni o'zlariga olishni aytib, O'zbekiston terma jamoasini u yerda yig'in o'tkazishga taklif etishdi”, - deydi uchrashuv tashkilotchisi Ulug'bek Mirzaev.
- Men bu haqda O'zbekiston futzal assotsiatsiyasi ijrochi direktori Rustam Tolibjonovga aytganimda, u kishi ham buni maqulladi va birgalikda shu taklifni o'rganib chiqdik. Ushbu yig'inni o'tkazish borasidagi muzokaralar ikki oy davom etdi. Xullas, futzal terma jamoamiz 23-28 aprelda Xitoyda yig'in o'tkazadi, bu orada Xitoy terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. Har ikkala o'yinni ham 2013 yilda Osiyoning eng yaxshi futzal hakami deb topilgan qizg'izistonlik Nurdin Bukuev boshqarib boradi.
Terma jamoamiz delegaciyasi Pekinga mahalliy vaqt bilan kechqurun yetib boradi, undan so'ng Pekindan Anxoy provinciyasining Benbu shahriga yo'l olishadi. Benbuga borish uchun mezbonlar ekspress poezdga chipta hozirlab qo'yishgan. Xitoydagi ikkita o'rtoqlik o'yini va mashg'ulotlar aynan Benbu shahrida bo'lib o'tadi. 28 aprelda delegaciyamiz Benbudan Shanxayga, u yerdan esa Osiyo chempionati bo'lib o'tadigan Vetnamning Xoshimin shahriga uchib ketishadi.
Terma jamoamizning Benbudagi dasturiga nazar soladigan bo'lsak, 24 aprelda mashg'ulot, 25 va 26 aprelda Xitoy terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi, 27 aprelda yana mashg'ulot o'tkaziladi va ertasi kuni Xoshiminga boriladi.
Yig'in o'tkazish uchun Xitoy varianti maqullanganining yana bir sababi Xitoy iqlim jihatdan Vetnamga juda yaqin, bundan tashqari, bu ikki mamlakat o'zaro chegaradosh.
Terma jamoamiz faqat Pekingacha bo'lgan avia chiptalarga, Xitoy vizasini olish uchun va Shanxaydan Xoshimingacha bo'lgan avia chiptalarga pul to'lashadi. Qolgan barcha xarajatlarni Xitoy vakillari ko'tarishadi. Bu xarajatlarni Xitoy futbol federatsiyasi emas, balki Xitoydagi kompaniyalardan biri ko'taradi.
- Bu qanday kompaniya va ularga bundan nima foyda?
- Bu futbolchilarning transferlari, futbol uchrashuvlari translyatsiyasi, futbol ekipirovkalari bilan shug'ullanuvchi kompaniya (Beijing sports and Culture Company New Championship), rahbari Yan An.
Bu kompaniya terma jamoamizning barcha xarajatlarini o'z bo'yniga oldi, bundan foyda esa Xitoy va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinlarining translyatsiyasini sotish orqali olinadi. Translyatsiya orqali tushgan mablag' evaziga ular foyda ko'rishadi.
O'zbekiston futzal assotsiatsiyasi terma jamoaning o'rtoqlik o'yini o'tkazayotganidan va hamma harajatni ko'tarayotganidan yutadi, Xitoy futzal assotsiatsiyasi terma jamoasi bilan kuchli raqib o'rtoqlik o'yini o'tkazayotganidan yutadi, harajatlarni ko'tarayotgan kompaniya esa translyatsiya huquqini sotishdan. O'z navbatida translyatsiyani sotib olayotgan Xitoy televideniyasi reklamalardan daromad qiladi. Ko'rayapsizmi, bu zanjirdek bir-biriga bog'liq, marketing sohasining yaxshi rivojlanganini ko'rsatadi.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi