Xebay debyut o'yinining so'nggi soniyalarda gol urib, "Al Oruba"ga g'alaba taqdim etdi

Khoja
14 fev 2024, 10:15
Rubin Xebay Saudiya Arabistoning birinchi ligasida debyut qildi.

Hujumchi "Al Oruba" safida “Oxod jamoasiga qarshi uchrashuvning 75 daqiqasida maydonga tushdi. Uchrashuv 2:1 hisobida "Al Oruba" g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning so'nggi goliga Rubin Xebay 90+5 daqiqada mualliflik qildi va jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi. Albaniyalik hujumchi ushbu uchrashuvda sariq kartochka olishga ham erishgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia