Xaynkes: "Bavariya" qishda hech kimni sotmaydi"

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2018, 16:44
"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkesning ma'lum qilishicha, klub Arturo Vidalni "Chelsi"ga sotish borasida muzokara o'tkazmagan.

"Chelsi" va "Bavariya" o'rtasida Arturo Vidal bo'yicha hech qanday muzokaralar bo'lgani yo'q. "Bavariya" qishki transfer oynasida na Vidalni va na boshqa futbolchini sotmaydi" - deydi Xaynkes.

Oldinroq, Xaynkes "Bavariya" "Xoffenxaym"dan sotib olingan Sandro Vagnyerdan tashqari hech kimni xarid qilmasligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com