Xavi "Oltin to'p"ni kim olishi mumkinligi haqida aytdi

Aslanov Jasurbek
23 noya 2018, 18:14
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes "Oltin to'p"ga kim munosibroq ekanligi hada gapirdi.

"Nega endi Modrich emas? U so'nggi uch Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi va jahon chempionati finaliga chiqdi. Bu ham adolatdan bo'lardi. Ammo eng to'g'ri qaror - sovrinni fransiyalikka topshirish, chunki ular jahon chempioni bo'lishdi.

2010 yilda "Oltin to'p" ispaniyalikka berilmagan edi, hamma etiroz bildirgan. Hozir adolatli bo'lishimiz kerak. Eng muhimi - jahon chempionati" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca