Xavi Saudiya Arabistonidan taklif oldi

Sherzod Nurmatov
26 may 2025
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Foot Mercato" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 45 yoshli mutaxassis "Al Ahli" klubidan rasmiy taklif olgan. Jamoani hozirda germaniyalik Mattias Yayssle boshqarmoqda, biroq rahbariyat joriy mavsum yakunlanganidan keyin murabbiyni almashtirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Al Ahli" mavsumni beshinchi o'rinda yakunladi va Osiyo Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Xavi 2021 yilning noyabridan 2024 yilning iyuniga qadar "Barselona"da ishladi va jamoani tark etganidan beri ishsiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot Mercato