Xavi Martines: "Bavariya" bilan shartnoma uzaytirish haqida o'ylamadim"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2015, 15:18
"Bavariya" himoyachisi Xavi Martines o'z klubi bilan shartnomani uzaytirish haqida o'ylamayotganini ta'kidladi.

Martinesning klub bilan amaldagi bitimi 2017 yilgacha belgilangan.

"To'g'risini aytsam bu haqda bosh qotirganim yo'q. Asosiy maqsadim - maydonga qaytish. Klubga va o'zimga avvalgi darajamga qayta olishimni isbotlamoqchiman. Myunxenda o'zimni juda yaxshi his qilyapman va "Bavariya"da uzoq to'p tepishni istayman" - deydi Martines.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com