Xavi Levandovskining "Barselona"ga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi

Alisher
13 apr 2022, 18:01
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Bavariya" forvardi Robert Levandovskining Kataloniya jamoasiga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi.

"Levandovski "Barselona"da? Albatta, Robert - buyuk futbolchi, ammo biz "Ayntraxt"ga qarshi Yevropa Ligasi doirasidagi o'yinga e'tiborimizni qaratishimiz kerak. Sizning savolingizni tushundim, ammo hozir bu mavzuni muhokama qilishning payti emas", - deydi Xavi.

Oldinroq Levandovskining "Barselona"ga o'tishi va kataloniyaliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolashi mumkinligi aytilgan edi.

Levandovski 2021/22 yilgi mavsum "Bavariya" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 47ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano