Xavi Krishtianu Ronalduning Saudiyaning "Al Nassr" klubiga o'tgani haqida gapirdi

Оқил Абдубарноев
11 yanv 2023, 22:54
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi hujumchi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonidan "Al Nassr" klubiga o'tgani haqida fikr bildirdi.

"Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining eng yaxshi klublaridan biri bilan shartnoma imzoladi, ammo bu ham bir chaqiriq sanaladi. Bu ligada to'p tepish juda qiyin. “Al Sadd”ni boshqargan kezlarimda, Saudiyaning bir qancha jamoalariga qarshi bellashganmiz.

Saudiya Arabistoni ligasi juda raqobatbardosh, ammo Krishtianu Ronaldu ham raqobatbardosh futbolchi. Ishonchim komilki, u yangi jamoasida muvaffaqiyat qozonadi", - dedi Xavi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Al Nassr"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tib, 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca