Xavi Dembelening "Barselona" bilan shartnomasi haqida gapirdi

Alisher
18 dek 2021, 11:01
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoa forvard Usmon Dembelening shartnomasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

"Usmon faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni xohlashini va bu yerda unga yaxshi ekanligini aytdi. Bu uning agenti bilan shartnoma shartlari borasida kelishuv savolidir. Dembele qolsa, uning "Barselona"dagi o'rni qanday bo'lishini biladi", - deydi Xavi.

Usmonning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum "Barselona"ning uch o'yinida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano