Xavi Chempionlar ligasida o'tkazilgan o'yinlari soni bo'yicha Raulga tenglashib oldi
19 fev 2014, 12:56
“Manchester Siti”ga qarshi o'yinda maydonga tushgan “Barselona” yarim himoyachisi Xavi, Chempionlar ligasida o'tkazilgan o'yinlari soni bo'yicha Raulga tenglashib oldi.
Ayni paytda ikkala o'yinchi ham evrokuboklarda 144 tadan o'yin o'tkazishgan.
Bu borada faqatgina “MYU” o'yinchisi Rayan Giggz Xavi va Rauldan oldinda borayapti. U 149 ta o'yin o'tkazgan.