
"Muniain qo'l bilan o'ynagani yaqqol ko'rinib turibdi. Biz hakamlarga ishonamiz va hech qachon "Barselona" hakamlar yordami bilan g'alaba qozongandek tuyulmagan.
Avvaliga men qo'l bilan o'yinni sezmadim va ofsayd bo'lgan, deb o'yladim, lekin o'yindan tashqari holat yo'q edi. Keyinroq takroriy lavhani ko'rdim va Iker to'pni qo'li bilan o'ynaganiga ishonch hosil qildim", – dedi "Barselona" bosh murabbiyi.