Xavi: "Bu "Barselona"ning eng yaxshi o'yinlaridan biri"

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2023
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Sevilya"ga qarshi uchrashuvni jamoasining eng yaxshi o'yinlaridan biri deb atadi.

Kataloniyaliklar La Liganing 8-turi doirasida "Sevilya"ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi. 

"Barselona" yaxshi o'ynadi deb hisoblayman. Juda yaxshi hujum qildik. Birgina yetishmagan narsa - gollar bo'ldi. 

O'yindan mamnunman. Bu bizning eng yaxshi o'yinlarimizdan biri. Biz ajoyib jamoaga qarshi, Yevropa ligasi g'olibiga qarshi yaxshi futbol ko'rsatdik", - dedi Xavi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca