Xavi Braziliya terma jamoasi va "Borussiya"ni boshqarishdan bosh tortdi

Alisher
19 may 2021, 16:28
"Al Sadd" bosh murabbiyi Xavi Qatar klubi bilan shartnomani uzaytirishdan oldin ikki taklifni rad etgan.

41 yoshli ispaniyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini, shuningdek Dortmundning "Borussiya" klubini rad etdi. Nemis klubi Xaviga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Jamoani hozirgi vaqtda vaqtinchalik Edin Terzich boshqarmoqda.

Braziliya futbol federatsiyasi esa "Barselona" afsonasiga JCH-2022da Titening assistenti bo'lishni, turnirdan so'ng esa jamoa bosh murabbiyiga aylanishni taklif qilgan.

"Al Sadd" mayda ispaniyalik mutaxassis bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS