Xavi “Barselona”ning navbatdagi o'yinda ochko yo'qotgani haqida fikr bildirdi

Nozimov Nig'monxo'ja
17 dek 2023, 09:12
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi “Valensiya”ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

“Biz g'alabaga haqli edik. Biz o'yin davomida g'alaba uchun barcha ishni qildik. Kerakli daraja vaziyatlarni yaratdik. Biz raqib maydonida yanada xavfliroq harakat qilishimiz lozim. Menimcha, biz bugun ikki ochkodan ayrildik. Futbolchilar o'zlaridan yanada ko'proq narsa talab qilishlari shart.

 Men xotirjamman, shunchaki o'yin natijasidan hayratdaman. Chunki biz bugun g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdik”,- dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia