Xavi "Barselona" YCHLni yutgan taqdirda ham jamoadan ketishini tasdiqladi

Tolibjon Qosimov
13 mar 2024, 13:36
Kecha tunda YCHL 1/8 final javob uchrashuvi doirasida "Barselona" o'z maydonida "Napoli"ni qabul qildi.

3:1 hisobida g'alaba qozongan kataloniyaliklar keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi. Ana shu uchrashuvdan keyin "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Siz mendan hanuzgacha agar Chempionlar ligasini yutsak qolamanmi yoki yo'q deb so'rayapsiz. Yo'q, qolmayman.

Mening kelajagim o'zgarmaydi, javobim o'zgarmaydi: "Men mavsum yakunlanganidan keyin ketaman". Keyingi mavsum Chempionlar ligasidan zavq olaman, faqat oddiy muxlis sifatida", - dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: getfootballnewsspain.com