Xamshik: "O'yin boshida "Arsenal" bizni shunchaki yanchib tashladi"

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 18:52
"Napoli" yarim himoyachisi "Arsenal"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini quyidagicha izohladi.
"O'yin boshida raqib bizni shunchaki yanchib tashladi, dastlabki 15 daqiqani juda yomon o'tkazdik".

"Bunday o'ynash kerak emas, o'zimizning yomon o'yinimiz bilan "Arsenal"ni ruhlantirdik, raqibni o'yin oxirigacha to'xtatishni iloji bo'lmadi".

"Ha, Iguain yo'q edi, muhim o'yinchi bo'lsa ham u bitta futbolchi. "Napoli" rivojlanishda davom etishi lozim" - deydi Marek Xamshik.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.ua