Xabi Alonso qishgacha "Bayer"da qoladi. Rahbariyat uning ishidan mamnun

Оқил Абдубарноев
1 noya 2022, 20:49
Xabi Alonso "Bayer" bilan ishlashda davom etadi.

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, Leverkuzenning "Bayer" klubi bosh murabbiyi kamida qishgacha jamoada qoladi. Klub rahbariyati uning ishidan mamnun va uni qo'llab-quvvatlamoqda.

Alonso oktyabr oyi boshidan buyon "Bayer"ni boshqarmoqda. Ispan mutaxassisi klub bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolagan. Uning qo'l ostida jamoa 6 ta o'yin o'tkazib, atigi bitta g'alabaga erishdi hamda yana ikkita o'yin durang bilan yakunlangan bo'lsa, uch bor mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports