"Vulverxempton" darvozaboni Ruy Patrisiu klub rekordini o'rnatdi

8 mar 2020, 00:12
Bugun 32 yoshli portugaliyalik futbolchi mavsum davomida "quruq" o'yinlar o'tkazish bo'yicha eng yaxshi natijaga erishdi.

"Bo'rilar" Angliya chempionati 29-turi doirasida "Brayton" bilan nursiz durangga imzo chekishdi. Bu bahs Patrisiu uchun Angliya premer-ligasi joriy mavsumida sakkizinchi "quruq" o'yinga aylandi. O'z navbatida, bu natija klub tarixidagi eng yaxshisi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilgi Yevropa chempioni o'tgan mavsum etti bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports