Darvozabon Ruy Patrisiu tibbiy ko'rik uchun Rimga yo'l oldi

Alisher
13 iyul 2021, 15:40
"Vulverxempton" darvozaboni Ruy Patrisiu "Roma"ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Rimga jo'nab ketdi.

Agar portugaliyalik posbon tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tsa, klub bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.

"Vulverxempton" 33 yoshli futbolchining transferi uchun 10 mln evro oladi. Uning italyan klubidagi maoshi yiliga 2,7 million evroni tashkil etadi.

Patrisiu 2020/21 yilgi mavsum APL doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 51ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira