Ruy Patrisiu "Roma"dan ketganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2024, 13:30
36 yoshli portugaliyalik darvozabon erkin agentga aylandi.

Patrisiu poytaxt klubida 2021 yildan buyon o'ynab kelayotgandi. U "jallorossi" safida 129 ta o'yin o'tkazib, 134 ta gol o'tkazib yuborgan va 48 ta o'yinda darvozani "quruq" saqlagan.

Futbolchining shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etdi. Tomonlar kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilishdi.

Eslatib o'tamiz, Patrisiu klub bilan birgalikda Konferenciyalar Ligasida g'olib chiqdi va Yevropa Ligasi finalida o'ynadi. O'tgan mavsum 24 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RomaPress