Vudvord MYUga Mourinyo istamagan futbolchini olib kelgan ekan

Mirjalol Normatov
13 okt 2019, 10:41
"Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Joze Mourinyo yarim himoyachi Fredning transferini istamagan ekan.

"The Athletic" xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis kuchliroq markaziy yarim himoyachining transferini xohlagan ekan. Biroq Vudvord boshqa futbolchini olib kela olmasligini bilganidan so'ng, u bunga rozi bo'lgan.

Mourinyo 2018 yilning dekabrida "Manchester Yunayted"dan iste'foga chiqarilgandi. Ayni damda u Fergyuson davridan keyin eng yaxshi natijalar qayd etgan murabbiy bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic