Vodiy futboli. "Neftchi"ning quruq seriyasi 3ta o'yinga etdi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2015, 09:00
Kuni kecha vodiy klublari oliy liganing 23-turidan o'rin olgan o'yinlarni o'tkazishdi.

"Neftchi": Uchinchi o'yinda ham gol o'tkazmadik

Farg'onaning "Neftchi" klubi bu turni Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda vodiy klubi 1:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, "Neftchi" ketma-ket uchinchi o'yinda ham o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. O'tgan turlarda Andrey Fyodorov shogirdlari "So'g'diyona" (1:0) va "Bunyodkor" (2:0) klublarini mag'lub etishgandi.

Farg'ona jamoasi navbatdagi turni o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.


"Navbahor": Mag'lubiyatli seriya 5ta o'yinga etdi

Namanganning "Navbahor" klubi 23-turni Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'tkazib 1:5 hisobida yutqazib qo'ydi.

Shu tariqa, Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa ketma-ket beshinchi o'yinda ham mag'lub bo'ldi. So'nggi bor "lochinlar" 18-turda "Neftchi"ni taslim qilgandi. Shundan so'ng "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Dinamo", "Paxtakor" va "Nasaf"ga imkoniyat boy berildi.


"Andijon": O'z maydonimizda yana 2ta gol o'tkazdik

Oliy ligada qolish uchun kurashyotgan "Andijon" klubi o'z maydonida "Lokomotiv"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Sergey Kovshov shogirdlari o'z uylaridagi oxirgi 4ta o'yinda kamida 2tadan gol o'tkazishdi. "Olmaliq" (2:4), "Qo'qon-1912" (1:2), "Qizilqum" (3:2) va "Lokomotiv" (1:2) bilan o'yinlarda raqiblar "lochinlar" darvozasiga kamida ikkitan to'p kiritishdi.


"Qo'qon-1912": Otaqo'ziev yana gol urdi

Rustam Abdullaev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilib 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. O'yindagi yagona golni Nosir Otaqo'ziev mehmonlar darvozasiga kiritdi.

O'tgan safar Qo'qonda o'tgan "Mashal"ga qarshi bahsda ham Otaqo'ziev o'z hisobiga gol yozib qo'ygandi. Umuman olganda hujumchining bu mavsumdagi gollari soni 8taga etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia