"Vodiy futboli": Keyingi turda qaysi hakamlar ishlashadi?

Narzulla Saydullayev
22 sen 2015, 16:30
Oliy liganing 23-turida vodiy klublari ishtirokidagi o'yinlarda qaysi hakamlar ishlashadi.

"Navbahor": "Nasaf"ga qarshi o'yinda Ermatov ishlaydi

Oliy liganing 23-turini "Navbahor" Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ladi. Uchrashuvni FIFA hakami Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Uchrashuv 25 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.


"Neftchi": Samarqanddagi uchrashuvga namozov tayinlandi

Farg'onaning "Neftchi" klubi 23-turni safarda "Dinamo" klubiga qarshi o'tkazadi. 25 sentyabr kungi o'yinni Baxtiyor Namozov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Nugmanov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: R. Chernikov.


"Andijon": "Lokomotiv" bilan bahsda Tantashev

"Andijon" klubi oliy liganing navbatdagi turini o'z maydonida "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi. juma kuni bo'lib o'tadigan bahsga buxorolik Ilgiz Tantashev bosh hakam etib tayinlandi.

Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), X. Shodmonov (Buxoro), T. Gaynulin (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.


"Qo'qon-1912": "Qizilqum"ga qarshi o'yinni Qosimov boshqaradi

Rustam Abdullaev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" klubi keyingi turni Qo'qonda "Qizilqum" klubiga qarshi o'tkazadi. Bu bahsga PFL Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlarni tayinladi.

O'yin 25 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: V. Letkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia