"Vodiy futboli". Bugun yoshlar ligasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2015, 15:00
Bugun yoshlar ligasi doirasidagi bahslar bo'lib o'tadi.

"Navbahor": Jamoamiz “Hotel Asia Samarkand" mehmonxonasiga joylashdi

"Dinamo”ga qarshi uchrashuvga Toshkentda hozirlik ko'rgan jamoamiz a'zolari bugun ertalab, Toshkent-Samarqand yo'nalishi orqali safarga otlanishgandi.

Ayni paytda “Navbahor” FK delegaciyasi ko'hna shaharga yetib kelishga ulgurdi. Jamoamiz a'zolari Samarqanddagi “Hotel Asia Samarkand" mehmonxonasiga joylashishdi. Tushlikdan so'ng futbolchilarimiz dam olish imkoniga ega bo'lishsa, kechki payt esa uchrashuv oldidan o'tkaziladigan so'nggi mashg'ulotni o'tkazishadi. Ertaga “Dinamo” o'yingohida o'tadigan uchrashuv soat 17.00da boshlanadi. Bugun bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi bahs esa 16.30da start oladi.


"Neftchi": "So'g'diyona" bilan o'yin uchun taxminiy tarkib

Ertaga oliy liganing 21-turi doirasida "So'g'diyona" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tadi. 

"Neftchi" klubi matbuot xizmati uchrashuv uchun taxminiy tarkibni e'lon qildi: 

"Neftchi": Evgeniy Cheremisin, Shukurali Po'latov, Baxtiyor Yoqubov, Mansur Saidov, Akmal Xolmatov, Murod Bobojonov, Adrian Kashkaval, Dilyorbek Ermatov, Sherzod Hakimov, Ro'zimboy Ahmedov, Sardor Rahmonov.

Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Javohir Rasulov, Umid Qodirov, Abbos Maxstaliev, Otabek Isroilov, Zokirjon Nurmatov.


"Qo'qon-1912": "Mashal"ga qarshi o'yin uchun chiptalar sotuvda

Shanba kuni bo'lib o'tadigan "Qo'qon-1912" - "Mashal" uyini uchun chiptalar sotuvga chiqdi. Chiptalar 2 xil toifada bo'lib, “Markaziy” o'yingoh kassalarida 5000 va 10 000 so'mdan sotilmoqda.

Eslatib utamiz ushbu uchrashuv 12 sentyabr kuni soat 16:30da boshlanadi.

Bugun ushbu jamoalarning o'rinbosarlari maydonga tushishadi. Uchrashuv 16:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia